Hisobni o‘chirish
Ilovada
Profil — Sozlamalar — ekran pastidagi «Hisobni o‘chirish», so‘ng so‘rovni Telegram orqali yoki kirish kodi bilan tasdiqlang.
- Hisob so‘rovdan 24 soat o‘tib o‘chiriladi. Fikringiz o‘zgarsa — shu vaqtgacha ilovaga qaytadan kiring: o‘chirish bekor qilinadi, hisob va abonementlar saqlanib qoladi.
- So‘rovdan so‘ng darhol kelgusi bronlar bekor qilinadi va barcha qurilmalarda hisobdan chiqasiz. Shu 24 soat davomida avtomatik uzaytirish pul yechmaydi.
- Qaytadan kirib, o‘chirish bekor qilinsa, bekor qilingan bronlarni qaytadan yaratish mumkin.
- O‘chirilgandan keyin hisobni tiklab bo‘lmaydi.
Ilovasiz
Telegram @washclub_uz yoki info@washclub.uz manziliga hisob telefon raqami bilan yozing. Raqam sizniki ekanini tasdiqlaganimizdan so‘ng, hisobni 7 kun ichida o‘chiramiz.
Nima o‘chiriladi
- Ism, telefon raqami va Telegram bilan bog‘lanish.
- Mashinalar, ularning suratlari va tashrif suratlari.
- Saqlangan kartalar.
- Abonement — qolgan moykalar yo‘qoladi, abonement uchun to‘langan pul qaytarilmaydi.
- Sessiyalar, so‘rovnoma javoblari va statistika ma’lumotlari.
Nima qoladi
To‘lovlar va o‘tgan tashriflar yozuvlari — shaxsiy ma’lumotlaringizsiz, chunki ular buxgalteriya uchun qonun bo‘yicha kerak; xavfsizlik jurnallari.